Angliya çempionatining 33-turida «Arsenal» «Sauthempton»ni qabul qildi. Londondagi «Emireyts» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinda birinçi bölib mehmonlar hisobni oçgandi, Şeyn Long 17-daqiqada aniq harakat qildi. Köp ötmasdan Denni Uelbekning pasidan keyin Per-Emerik Obameyyang hisobni tenglaştirdi, 38-daqiqada Uelbekning özi gol urib, jamoani oldinga boşladi. «Sauthempton» safida Çarlz Ostin 73-daqiqada yana bir gol urdi - 2:2. Ammo 81-daqiqada Uelbek dublni rasmiylaştirib, öyin qahramoniga aylandi - 3:2.

Ikki jamoadan ham bittadan futbolçi öyin oxirida maydondan çetlatildi.

Bu ğalaba «Arsenal» APLda qatorasiga uçinçi ğalabaga erişişi böldi. Endilikda Arsen Venger jamoasi 54 oçko bilan oltinçi örinda bormoqda, «Sauthempton» 28 oçko bilan 18-örinda.

Angliya çempionati
33-tur
Arsenal – Sauthempton 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 17 Long, 1:1 – 28 Obameyang, 2:1 – 38 Uelbek, 2:2 – 73 Ostin, 3:2 – 81 Uelbek.
Arsenal – Çex, Çembers, Kolaşinats, Belerin (Xolding, 74), Mustafi, Ivobi, Çaka, El-Nenni, Uelbek, Nelson (Uilşer, 64), Obameyang (Lyakazett, 71).
Sauthempton – Makkarti, Xudt, Yosida (Ostin, 72), Bertran, Stivens, Romeu, Uord-Prouz, Tadiç, Xeyberg, Soareş, Long (Sims, 80).
Ogohlantirişlar: Bellerin (50), Uilşer (90), Xudt (90).
Çetlatişlar: Stivens (90), El-Nenni (90).