Qatar amiri şayx Tamim bin Xamal At-Taniy 15 aprel kuni Saudiya Arabistonining Daxran şahrida bölib ötadigan Arab davlatlari ligasi (ADL) sammitida öz mamlakati delegatsiyasiga boşçilik qiladi. Kuvaytning "Ar-Ray" gazetasi arab diplomatiyasi manbalariga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Manbada qayd etilişiça, amirlik TIV rasmiy vakili Lulva Al-Xatir Qatar inqirozi masalasi yuqori darajali uçraşuv kun tartibiga qöyilmasligini ta'kidlagan. Qatarlik diplomat mamlakat rasmiylari ADL boş kotibi Ahmad Abu Al-Ğayt tomonidan taklif qilingani va sammitga albatta kelişini tasdiqlagan edi.

Ligaga kiruvçi Saudiya Arabistoni, BAA, Baxrayn va Misr 2017 yilning iyunidan buyon Qatar bilan aloqani uzganligi tufayli uning sammitda qatnişiş masalasi noaniq edi. 

Bundan avval arab davlatlari yiğilişlari bir neça marotaba özaro mojarolarga sabab bölgandi. Ta'kidlaş joizki, Ar-Riyod va uning ittifoqdoşlari Qatar rahbariyatini terrorizmni qöllab-quvvatlaşda ayblaşgan. Doha, öz örnida adolatsiz qamal va davlat suverenitetiga daxl qilinişidan norozi bölgan.