Londondagi Old Vic teatri sahnasida maxsus pesa premerasi bölib ötadi, unga Buyuk Britaniya FXX sobiq podpolkovnigi Aleksandr Litvinenkoning zaharlanişi haqida hikoya qilinuvçi kitob asos qilib olindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Xabarga köra, The Guardian sobiq muxbiri Lyuk Hardingning «Juda qimmat zahar» kitobining sahnaga moslaştirilişini britaniyalik dramaturg va ssenariynavis Ldyusi Pebbl tayyorlab beradi. Naşr ma'lumotlariga köra, pesa kitob kabi nomga ega böladi, uning premerasi haqida esa kelasi hafta rasman e'lon qilinadi.
«Lyusning kitobini öqiş vaqtida menda şunday ğalati tuyğu paydo böldiki, men bu voqea böyiça teatr işini aniq qilişim haqidagi xulosaga keldim. Sababi u bizning vaqtda röy bergan hodisaga juda öxşaş», - deya aytib ötdi Pebbl.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Boş prokuraturasi Litvinenkoning ölimida Berezovskiy manfaatdor bölgani haqida ma'lum qilgandi.












