Maşhur yakkaxon san'atkorlarimizdan biri öğlini uylantirgani-yu, dabdabali töy bergani hammaning oğzida! Bu holat şaxsan Prezidentimiz tomonidan töylardagi dabdababozlik va ortiqça xarajatlarni kamaytiriş yuzasidan bergan tavsiyalari fonida röy berayotgani ajablanarli.

San'atkorimizning uşbu xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlarda juda köpçilik tomonidan, Prezident gaplariga bepisandlik ölaroq baholanayapti. Töğri-da, bu yoqdan Prezident töylarni ixçamlaştiriş haqida gapirmoqda, har yili Mustaqillik bayrami arafasida san'atkorlarni taqdirlaş haqida qaror çiqarmoqda, ular esa…

Adolat yuzasidan aytiş kerakki, bu yerda san'atkorimizning yakkaş özini ayblaş noörin. Uning örnida istalgan boşqa san'atkor bölib qolişi ham mumkin edi. Farqi — töy mavzusi qizğin munozara qilina boşlanganidan söng birinçi bölib töy qilgan odam u böldi. Töğri, u taniqli san'atkor, qöşimça bizneslari ham bor, uning puli juda köp. U pullarni özi istagança tasarruf etadi. Öz-özidan, taniş-bilişlari ham jamiki san'atkorlar, tuşunamiz.

Boz ustiga, töy har qanday ota-onaning orzu-havasi hamdir. Biz yangi turmuş qurgan yoş oilaga baxt tilaymiz.

Biroq tanganing ikkinçi tarafiga nazar taşlasak, töylarning ixçam ötişidan eng manfaatdor bölmagan qatlam ikkita bölsa — biri san'atkorlar, bitta bölsa — şu san'atkorlar.

Çunki bunday dabdabali töy bilan ular avvalo öz xizmatlarini reklama qilişadi: «Sizlar ham mana şunday dabdabali, mahallada duv-duv gap böladigan töy ötkazinglar, biz xizmat qilaylik», qabilida.

Hozirda san'atkorlarimizning har biri ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Instagram’da özining rasmiy sahifasiga ega. Ular bu yerda öz faoliyatidan lavhalar berib boriş bilan birgalikda, yuz minglab muxlislariga öz xizmatini yaşirin tarzda reklama ham qilişadi. Aytaylik, Dilsöz doim qiz uzatilayotgan xonadonga borib «Otajon» qöşiğini kuylaydi. Sardor Rahimxon esa töylarda «Onajon» qöşiğini kuylab beradi va kuyov öz onasiga gul taqdim etadi. Kimdir kelin salom aytişi bilan maşhur. Bu poytaxt töylarida öziga xos udum-an'anaga aylanib qolgan. Va bu holatlar san'atkorlarning Instagram’ida, turli töylardan tuşirilgan tasvirlar vositasida tinimsiz tarğibot qilib turiladi.

Xullas, yuqorida ta'kidlab ötganimdek, töylarning ixçamlaştirilişidan ular aslo manfaatdor emas.

Ma'lumki, Soliq kodeksimizda san'atkorlarning konsert-tomoşa faoliyatidan oladigan daromadlari soliqqa tortilmasligi belgilab qöyilgan. I guruh nogironlari, hattoki 1941–1945 yillarda ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan faxriylar biznes boşlaşsa, ular ham 50 foiz bölsa-da, soliq tölaşadi, lekin san'atkori ham, otarçisi ham, boşqasi ham soliq tölamaydi va bu hol heç kimni taşvişlantirmaydi.