Rossiyaning Samara şahrida Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburgda qator teraktlarni amalga oşirişga tayyorgarlik körgan özbekistonlik migrantlar guruhi işi yuzasidan sud jarayoni yakunlandi. Ular IŞID terrorçilik guruhiga aloqadorlikda ham gumonlanmoqda, deb yozmoqda CA-news.
Privoljsk okrug harbiy sudi yopiq sud majlisida Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari bölgan yetti kişini «terrorizm», «qurol bilan noqonuniy savdo qiliş», «portlovçi moddalarni noqonuniy saqlaş»da aybdor deb topdi. Ular 12 yildan 17 yilgaça bölgan muddatga qamaldi. Sud jarayoni yakunlangani va migrantlarga hukm çiqarilgani haqida sudlanuvçilardan biri – Kozim Abdullajonovning advokati Denis Gudkov xabar berdi. Uning sözlariga köra, sudlanuvçilarning qarindoşlari hamda advokatlari FXX tomonidan qöyilgan ayblovlar sudda öz isbotini topmagani haqida ma'lum qilmoqda.
– Kozimjon va yana olti nafar sudlanuvçi Yekaterinburg şahrida faoliyat körsatgan va «Karnaval» savdo markazini portlatib yuborişni rejalaştirgan IŞID yaçeykasi a'zolari bölganlikda ayblangan. Bundan maqsad – Rossiya rahbariyatiga Suriyadagi harbiy amaliyotini töxtatiş maqsadida ta'sir körsatiş bölgan. Biroq eng boşidan hammasi bir-biriga zid böldi. Ma'lum bölişiça, Kozimjon ertalabki soat oltida öz kvartirasida negadir kurtkada ötirgan, FXX xodimlari uning yonidan granata topişgan. Eng kulgilisi şundaki, yana ikki sudlanuvçi xuddi şunday tarzda qölga olindi. Avvaliga migrantlarning uyiga tezkor xodimlar guruhi kelgan, ular guvohlarsiz tintuv ötkazişgan, keyin esa u yerga guvohlar bilan tergovçi yetib kelgan», - deydi Denis Gudkov.
Denis Gudkovning sözlariga köra, özbekistonlik migrantlar işi böyiça sud yopiq rejimda ötgan. Sudya advokatlarning tergov qonunlarni buzgan holda ötkazilgani böyiça gaplarini, şuningdek, sudlanuvçilarning söroq çoğida qiynoqqa solinganlari böyiça bayonotlarini e'tiborga olmadi, dedi u.
Ayblov xulosasiga köra, özbekistonlik migrantlar Özbekistonning 34 yoşli fuqarosi Ziyodulla Ibodov kömagida portlovçi qurilma yasaşga urinişgan, u, Rossiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari ma'lumotiga köra, «Jabxot an-Nusra» terrorçilik guruhi a'zosi bölgan. Bundan taşqari, ayblov xulosasida keltirilişiça, özbekistonlik migrantlar Suriyaga 100 AQŞ dollari miqdorida pul yuborişgan.
Denis Gudkovning aytişiça, sudlangan özbekistonlik migrantlar işi böyiça yuqori turuvçi instansiyalarga, xususan, Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga murojaat etmoqçi.












