Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya aviabazasi raketalar hujumiga uchradi
Suriya sharqidagi Xoms viloyatida joylashgan T-4 aviabazasi raketalar hujumiga uchradi. Bu haqda Suriyaning SANA milliy agentligi xabar qilmoqda.
"T-4 aviabazasi bir necha raketalar hujumiga uchradi, bu AQSh tajovuzkorligi bo‘lishi mumkin", - deya xabar beradi agentlik.
Suriya armiyasining Havo hujumidan mudofaa kuchlari aviabazaga yo‘l olgan raketalarni o‘qqa tutgan.
Al-Mayodin telekanali xabariga ko‘ra, Suriya harbiy obektiga hujum qilgan raketalar Livan hududi orqali O‘rta Yer dengizidan uchib kelgan.
Vaziyatdan xabardor manbaning aytishicha, Suriya Havo hujumidan mudofaa kuchlari aviabazaga yo‘naltirilgan barcha raketalarni urib tushirgan. Ta'kidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. SANA agentligi, o‘z navbatida, hujum natijasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida xabar bergan.
Pentagon AQSh T-4’ga raketa zarbasi berilishiga aloqador emasligini ma'lum qildi.
Shuningdek, SANA xabariga ko‘ra, Suriya Havo hujumidan mudofaa kuchlari Xoms viloyatida raketa zarbasiga uchragan aviabaza mudofaasini olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:33 / 02.06.2026