2017 yilda dunyoda yuz bergan tabiiy ofatlar avvalgi yillarga nisbatan kamroq qurbonlarga olib kelgan, biroq ulardan körilgan zarar moddiy jihatdan eng yiriklaridan biri böldi. Bu haqda Luven katolik universitetining falokatlar epidemiologiyasi tadqiqot markazi (CRED) hisobotida aytilgan.

Toşqinlar va töfonlar, köçkilar va boşqa bir qator tabiiy ofatlar ötgan yilda 9503 kişining hayotiga zomin bölgan. CRED ma'lumotlariga köra, bu qiymat Haitidagi 2010 yildagi zilzila kabi öta halokatli hodisalar qayd qilingan 2007 yildan 2016 yilgaça davr içida örtaça yillik 68 ming qurbondan ança kamroqdir. Birgina Haitidagi zilzila 225,5 mingdan köproq odamning hayotini olib ketgan. Myanmadagi “Nargis” siklonidan esa 2008 yilda 138,4 ming kişi halok bölgan.

2017 yilda eng köp tabiiy ofatlar Osiyoda kuzatilgan – 136 ta (dunyodagi umumiy tabiiy ofatlarning 43 foizi). Ulardan 25 tasidan Xitoyda 15 mln kişi jabr körgan. Hindistonda 15 ta tabiiy ofat 2,3 ming qurbonga olib kelgan va 22,5 mln kişiga ta'sir qilgan.

2017 yil yetkazilgan zarar miqdori böyiça 1900 yildan keyin 2-raqamlisi böldi. CRED mutaxassislari 2017 yilda 96 mln kişiga ziyon yetkazgan 318 ta ofatdan 3 ta eng vayronkorini alohida qayd qilişgan, bular: “Xarvi”, “Irma” va “Mariya”.  Uşbu dovullar 2017 yil avgust va sentabr oylarida Karib dengizi uzra ötib, AQŞ sohillariga yetib borgan. Ular yetkazgan zarar mos ravişda 95, 66 va 69 mlrd dollarga baholangan. 2017 yilda ofatlardan körilgan umumiy zarar esa 314 mlrd dollarni taşkil qilgan.