Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari halokatlardan keyin vayronalar ostidan odamlarni qidirişda qutqaruvçilarga yordam beradigan ğayritabiiy qurilma — «kiborg-qönğiz»ni yaratdi.

Tadqiqotçilar oddiy qönğizni çip va elektrodli mikro-ryukzak bilan jihozladi. Ular öyin kontrolleridan foydalanib, haşarotlarning harakatini masofadan turib boşqardi va kerakli joyga yönaltirdi. Elektr signallari qönğizning antennalari yoki qanotlarini rağbatlantirib, buriliş va hatto devorlarga çiqişga majbur qiladi.

Loyiha mualliflari doktor Tang Vo-Doan va uning yordamçisi Laklan Fitsjyerald tuşuntirganidek, qönğizlar oddiy robotlar tez-tez tiqilib qoladigan murakkab, tor va notekis yuzalar böylab osongina harakatlanadi. Bu qönğizlarni qidiruv-qutqaruv işlarida, ayniqsa zilzilalar yoki portlaşlardan keyin boriş qiyin bölgan joylarda ajoyib yordamçiga aylantiradi.

Hozir jamoa ryukzakka mini-kamera va batareya qöşiş ustida işlamoqda. Kelajakda bunday qönğizlar nafaqat qurbonlarni topişda yordam beradi, balki jarohatlar va atrofdagi vaziyat haqida ham ma’lumot uzata oladi.

Olimlar texnologiyani beş yil içida real şaroitda sinab körişga umid qilmoqda.