Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz va amaldagi hukumatni kuç işlatib ağdariş kabi jinoyatlarni amalga oşirganlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayevning advokati sud majlisiga MXX operativ xodimi va tergovçilarini ham jalb etişni söradi. Bu haqda sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, advokat Mayorov ayrim vaziyatlarga oydinlik kiritiş maqsadida Bobomurod Abdullayev işiga aloqador MXX xodimlari Timur Yakubov, Nodir Töraqulov, Nodir Muhitdinov, Aleksey Veselov va M.Ergaşevni sud majlisiga​ jalb etiş böyiça iltimosnomani kiritdi.

«​Bobomurod MXX hibsxonasiga öz xohişi bilan, yoki majburan keltirilganmi, bunga oydinlik kiritiş lozim. Şuningdek, guvoh Çaros Abdullayeva öz körsatmasida «Usmon Haqnazar taxallusida Bobomurod Abdullayev maqolalar yozganini internet sahifalari orqali» anglaganini bildirgandi. Ammo, bu haqiqat faqat Muhammad Solihning virtual körsatmasidan söng oşkor böldi. Voqea esa 2017 yil noyabr oyiga töğri kelmoqda. Öz örnida Çaros tuşuntiriş xatini 25 sentabrda yozib bergan. Mantiqan öylaganda, savollar köpaymoqda»​, deydi Mayorov.

Bundan taşqari, sudlanuvçi Bobomurod Abdullayev ham iltimosnomani qöllab-quvvatlab, sudlanuvçi Salayev va Olloyorovga savol bilan murojaat qildi.

«Siz öz körsatmangizda 2017 yil 29 sentabrda hibsga olingangizni aytyapsiz. Şundaymi? Va şu vaqtdan keyin tuşuntiriş xati yozganingizni ham tasdiqlaysizmi?», deydi Abdullayev.

Sudlanuvçi öz körsatmasini tasdiqlab, tuşuntiriş xatini şundan söng (hibsga olinganidan keyin - tahr.) yozib berganini ta'kidlab ötdi. Sud majlisi davomida Bobomurod Abdullayev sud işida yuritilayotgan hujjatlar jildiga tikilgan tuşuntiriş xatlarini körsatib, Olloyorov ham, Salayev ham 2017 yil 27 sentabr kuni MXX sobiq raisi Rustam Inoyatov nomiga tuşuntiriş xatini yozganini isbotlab berdi.

Sudya Zafar Nurmetov barça vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida MXX xodimlarini majlisiga jalb etişga ajrim çiqardi. Navbatdagi sud majlisi 2018 yilning 11 aprel kuni bölib ötadi.