AQŞning Atlanta şahrida amerikalik boksçi Floyd Meyvezerning korteji noma'lum kişilar tomonidan öqqa tutildi. Taxmin qilinişiça, 3 maşinadan iborat kortejdagi maşinalardan birida Meyuezer bölgan. Bu haqda Atlanta Journal-Constitution xabar qildi.
Politsiya ma'lumotlariga köra, kortej tungi klubdan mehmonxonaga qaytayotgan bölgan. Otişma oqibatida boksçining tansoqçilaridan biri oyoğidan jarohat olgan. U şifoxonaga yetkazilgan. Politsiya bosqinçilarni qidirmoqda.
“Biz Meyvezer maşinalardan birida bölgan va yaralanmagan, degan fikrdamiz. Bu otişma tasodifiy bölmaganga öxşamoqda”, deb ma'lum qilingan politsiyada.












