Namoyişçilar şahar politsiyasi boşliğining iste'fosini talab qilişgan. 

Ma'lum qilinişiça, qora tanli Reyşard Bruks mahalliy qahvaxona yonida öz maşinasida uxlab qolgan va boşqa transport vositalari yölini tösib qöygan. Voqea joyiga çaqirtirilgan politsiyaçilar Bruksni mastlikka tekşirişayotganda u politsiyaçilarning biridan elektroşokerni tortib olib, qoçmoqçi bölgan. Bruksni uşlaş vaqtida unga öq uzilgan. Şundan keyin afroamerikalik jarohat olib, şifoxonada jarrohlik operatsiyasidan keyin vafot etgan.

Atlanta politsiyasi boşliği Erika Şilds voqeadan keyin iste'foga çiqdi. 

“Men bu qurolning oqilona qöllanişi bölgan, deb işonmayman va şu sababli zobitni darhol iste'foga çiqişga çaqirdim”, deb aytgan Atlanta meri Keyşa Lens Bottoms. Uning ta'kidlaşiça, Şilds öz ixtiyori bilan iste'foga çiqqan. Mer uşbu voqeaning va politsiya tomonidan kuç qöllangan boşqa holatlarning batafsil tergovini ötkazişga çaqirgan.

Ayni vaqtda voqea tergovi boşlangan.

Uşbu hodisa 20 kun içida AQŞda politsiya harakatidan afroamerikalik halok bölişi bilan keçayotgan ikkinçi hodisadir. 25 may kuni Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qölga olinişi vaqtida halok bölgandi. Uşbu hodisadan keyin AQŞda politsiya zöravonligiga qarşi norozilik namoyişlari boşlanib ketgandi.