«Iqtisodiy kun tartibiga keladigan bo‘lsak, u prezidentning ish jadvalida o‘zgarmay qoladi. Hukumat bilan iqtisodiy ishlar bo‘yicha bir xil harakatlar onlayn rejimda amalga oshmoqda. Bu ham hozirgidek qiyin kunlarda, ham oddiy rejimda yuz beradi. Yaxshi bilasizlarki, prezident deyarli har kuni iqtisodiy ishlar bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan uchrashuvlar o‘tkazmoqda», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, hukumat Rossiya kompaniyalari aksiyalarining qulashi bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy kuzatib bormoqda.