Avvalroq Rossiyada Ravon avtomobillarining narxi oşgani ma'lum qilingandi. 9 aprelda kompaniya maxsus matbuot bayonotida narxlar oşişining sababini tuşuntirgan.   

“2018 yil 1 apreldan narxlarning oşişi Rossiyada avtomobil texnikasini utillaştiriş yiğimi böyiça narxlar oşgani bilan boğlangan. Dvigateli hajmi 1 litrdan 2 litrgaça bölgan yengil maşinalar uçun utillaştiriş yiğimi 90 foizga oşdi. Bunga köra, Ravon’ning 1,25 litrli va 1,5 litrli dvigatelga ega modellar qatori bu oraliqqa tuşadi. Ravon’ning barça avtomobillari GM Uzbekistan zavodlarida işlab çiqariladi va Rossiyaga eksport qilinadi”, deb ma'lum qilingan xabarda.  

Rossiyada sotilişga möljallangan Ravon avtomobillarining narxlari modeliga boğliq ravişda 10-30 ming rublga oşgandi.

“Avtostat” tahliliy kompaniyasining ma'lum qilişiça, Rossiyada Ravon avtomobillari savdosi hajmi 2018 yilning 1-çoragida 2,5 martaga oşib, 4,1 ming donani taşkil qilgan.