Çempionlar ligasining çorak finali javob uçraşuvida «Liverpul» «Mançester Siti»ni 2:1 hisobida yengdi va ikki uçraşuv natijasiga köra yarim finalga çiqdi.
Birinçi bölim oxirida Mateu Laos boşçiligidagi hakamlar brigadasi «Siti»ning golini ofsayd sifatida qayd etib bekor qildi. Ammo bu vaziyat videosida köriş mumkinki, Leroy Sanega töp raqib futbolçisi Jyeyms Milnerdan kelib tuşgandi – qoidaga köra bu vaziyatda golni bekor qilmaslik kerak edi.
— Drafts_2.0 (@drafts_2) April 10, 2018

Bölim oxirida futbolçilar tanaffusga yöl olişganida «şaharliklar» murabbiyi Xosep Gvardiola hissiyotlarini jilovlay olmadi va maydonga çopib çiqib, arbitrga u xato qilganini tuşuntira ketdi. Natijada, Pep ikkinçi bölimda jamoasi turnirni tark etişini tribunadan ğamgin qiyofada kuzatişiga töğri keldi.



Qayd etiş kerakki, Gvardiola bu ispaniyalik hakamni yoqtirmaydi. Ular örtasidagi munosabatlar bir yil muqaddam buzilgan, öşanda «Siti» «Monako»ga yutqazgandi.
«Men bir yil oldin bölgan voqeani yaxşi eslayman. Öşanda hisob 1:1 edi, toza penalti va Agueroga qöpollik qilgani uçun «Monako» futbolçisiga qizil kartoçka berilişi kerak edi, arbitr esa heç narsa qilmagan. Natijada, öyinda hisob 2:1 bölmagan, köp ötmasdan gol ötkazgandik. Bunday lahzalar juda muhim».














