Şveytsariyaning Neue Zürcher Zeitung gazetasi tadqiqotiga köra, Çempionlar Ligasi 2017/18 mavsumida, hujumçilar orasida Lionel Messi juda kam yugurişi ma'lum böldi. Öyinda ötkazilgan har 1 daqiqa davomida argentinalik 89,9 metr masofani bosib ötadi. Oddiy inson piyoda yurganida, 1 daqiqada 83,3 metrni bosib ötişini hisobga olsak, Messi siz va bizdan tezkor emasligi oydinlaşadi.

Taqqoslaydigan bölsak, «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu 1 daqiqada 101,9 metr masofani bosib ötadi.

Çempionlar Ligasida Messidan ham kam yuguradigan faqat bir futbolçi bor - «Mançester Yunayted» markaziy himoyaçisi Erik Bayi – 1 daqiqada 88,2 metr.

Eng köp yuguruvçi futbolçilar orasida «Portu» futbolçisi Bruno Kosta tengsiz – 143,7 metr. Undan keyingi örinlarni Adam Lallana («Liverpul», 142,6 metr) va Mahmud Dahud («Borussiya» D, 141,7 metr) egallab turibdi.

«Messi kam yuguradi» – yangilik emas. Masalan, FIFA JÇ-2014 statistikasini e'lon qilganida, Messi eng köp masofani bosib ötgan futbolçilar orasida 30-örinda edi. Şunda köpçilik Messining öyinini tanqid qilgan, uning otasi esa öğlini çarçab qolganini aytgan edi. Biroq, bularning barçasi Leoga turnirning eng yaxşi futbolçisi deb tan olinişiga tösqinlik qilolmadi. Ayni paytda esa, «yalqov» Messi navbatdagi «Oltin töp»ni qölga kiritişga asosiy da'vogar bölib turibdi.