Keça bölib ötgan Angliya çempionatining markaziy öyinida mezbonlarning birinçi goli munozaralarga sabab böldi. Fabino hisobni oçişidan bir neça soniya avval «Mançester Siti» hujum qilayotgan edi va töp jarima maydoni içida «Liverpul» himoyaçisi Trent Aleksandr-Arnoldning qöliga tegdi.
Bu yerda ataylab qöl bilan öynalmagani haqida gapiriş noörin, çunki birinçidan, Trentning qöli tabiiy holatda bölsa-da, tanasining imkon qadar kattaroq yönalişni tösib turişga sabab bölgandi. Ikkinçidan, agar töp himoyaçining qöliga tegmaganda, orqada turgan Sterlingga borib tuşar va «Mançester Siti» hujumçisi juda qulay imkoniyatga ega bölardi. Alohida olinganda bu – yaqqol penalti.
Trent Alexander Arnold acting as goalkeeper and making his body big to stop the ball.
— 20LEGEND (@MathewDaly97) November 10, 2019
Not called as a handball. pic.twitter.com/t1ehn42I87
Xöp, hakam xato qildimi?
Gap şundaki, töp Trentning qöliga tegişidan oldin, «Mançester Siti» futbolçisi Bernardu Silvaning qöliga ham tekkandi. Hakam har ikki holatni bir epizod sifatida baholadi va «Liverpul» himoyaçisining qöliga tekkan töp aslida «Mançester Siti» hujumçisining qoida buzişidan voqealar zanjiri asosida yuzaga kelgandi. Bu vaziyatni hakam xuddi şunday baholadi va hatto VAR’ga murojaat qilişni lozim topmadi ham. Tabiiyki, bu yerda bir neçta savollar tuğiladi.
Xöş, unda hakam nega töp Bernardu Silvaning qöliga tekkanini körgaç öyinni darhol töxtatmadi?
Ma'lumki, yangi qoidalarga asosan, agar töp hujum qilayotgan futbolçining qöliga tegsa, qat'iyroq çora köriladi. Ya'ni qölning holati, ataylab yoki ataylab emasligi, örtadagi masofa, farqi yöq, töp qölga tegdimi, tamom – qoida buzilişi hisoblanadi. Hakam katta ehtimol bilan Silvaning holatini körgan, lekin epizod yakunlanişini kutgan bölişi mumkin. Agar «Mançester Siti» gol urganida, hakam VAR’ga murojaat qilar va golni bekor qilar edi. Esingizda bölsa, «Liverpul»ning «Old Trafford»da urgan şunday goli VAR yordami bilan bekor qilingandi.
Hakam unda bu imkoniyat borligi uçun ham, bemalol vaziyatni qöyib berdi. Imkon qadar töliq amin bölib, keyin qaror çiqarişni istadi. Bu tuşunarli.
Nega töp Aleksandr–Arnoldning qöliga tekkanidan keyin VAR’ga murojaat qilinmadi?











