Google Gmail saytining yangi versiyasi ustida iş olib bormoqda. Bu haqda kompaniya G Suite mijozlariga maktubida xabar qilgan.
Google yangi funksiyalar orasida maktubni, u oradan biroz vaqt ötib yana öqilmagan maktublar röyxati boşida paydo bölişi, şuningdek «Google Kalendar» bilan integratsiyasi uçun imkon yaratiş borligini aytmoqda.
Bundan taşqari, Gmail veb-versiyasi internetga ulanmagan holda maktublar bilan işlaş va «aqlli» avtomatik javoblar funksiyasiga ega böladi.
Yaqin haftalar içida Google foydalanuvçilarning bir qismi uçun Gmail yangi interfeysiga erta kiriş imkonini taqdim etadi.
Google yangi dizayn qanday körinişga ega bölişini oçiqlamadi. Öquvçilardan biri TechCrunch naşriga maketga öxşaş çizmalarni yubordi, u buni göyoki Google xodimida körib qolgan. Uning sözlariga köra, yangi dizayn Gmail va Inbox ilovasi gibridiga öxşaş.












