Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq direktori, AQŞning yangi davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiya bilan yumşoq munosabatlar olib boriş siyosati ötmişda qolgani haqida ma'lum qildi.

«Rossiya agressiv harakatlanişda davom etmoqda. Köp yillar davomida olib borilgan yumşoq siyosat ularning agressiyasiga qarşi nima qila oldi? Endi bunday davom etmaydi», degan Pompeo Kongressga yöllagan xatida.

U Rossiya bilan munosabatlarda qöllanadigan sanksiyalarni keltirgan: diplomatlarni çiqarib yuboriş, Amerika armiyasini kuçaytiriş, yadroviy rivojlaniş, şuningdek, «Ukraina va Gruziya hududida Rossiya ekspansiyasiga qarşi qarşilik körsata oladigan kişilarni qurollantiriş» şular jumlasida.

«Bu röyxat birmunça uzun. Bu röyxatga yana qöşimçalar qilişim ehtimoli yuqori», degan Pompeo.

«Bizning ma'muriyatimiz prezidentning milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiyani mamlakatimizga tahdid sifatida ataşini aniq tuşunib olişi kerak. Bizning Rossiya bilan diplomatik aloqalarimiz murakkablaşib boradi», deya qöşimça qilgan u. 

Munosabatlarning çigallaşuvi, sanksiyalar va diplomatlarning çiqarib yuborilişi

Rossiya va AQŞ örtasida navbatdagi eskalatsiya Şarqiy Ğuta hududidagi Duma şahrida Suriya armiyasi tomonidan kimyoviy gaz qöllangani haqidagi xabarlardan keyin yuzaga keldi. Ğarb davlatlari rasmiy Damaşqni ayblamoqda, ular suriyalik harbiylar xlorli bomba bilan tinç aholini zaharlaşganini iddao etişmoqda. Rossiya esa bunday bölmaganini ta'kidlamoqda.

Çorşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterida Rossiyaga Suriyaga yöllanadigan raketalarni kutib olişga tayyorlanişni maslahat berdi. Biroz vaqt ötib u Vaşington va Moskva munosabatlari sovuq uruş davridagidan ham köra yomonroq ahvolga kelganini aytib ötdi.

Ötgan hafta oxirida AQŞ rossiyalik 38 tadbirkor va 15ta kompaniyani sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Sanktsiyalar röyxati aktivlarni muzlatib qöyiş, AQŞ hududidagi jismoniy va yuridik şaxslarning köçmas mulki hamda ehtimoliy bank hisob raqamlarini xatlovga oliş, şuningdek, mamlakatga kirişni taqiqlaşni nazarda tutadi.

Sanktsiyalardan eng köproq Oleg Deripaska zarar körgan. En+, US Rusal va Deripaska bilan boğliq yana 6 kompaniya sanksiyalar ta'siriga tuşgan. Rusal’ning Hongkong birjasidagi kotirovkalari 50 foizga tuşib ketgan, Deripaskaning davlati esa 1,3 mlrd dollarga kamaygan. 

Mart oyi oxirida «Skripal işi» doirasida Buyuk Britaniya hukumati bilan birdamlik sifatida AQŞ 60 nafar rossiyalik diplomatni çiqarib yuboriş qarorini qabul qildi. Şuningdek, Rossiyaning Sietl şahridagi boş konsulxonasi yopildi.

Xalqaro mojarolar 4 mart kuni boşlangandi. Öşanda Angliya janubidagi Solsberi şahrida Buyuk Britaniya foydasiga işlagan rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliy Skripal huşsiz holda topildi. London ular Rossiyada işlab çiqarilgan asab tizimini falajlovçi «Noviçok» moddasi bilan zaharlanganini, bu suiqasd ortida Rossiya turganini ma'lum qildi va Rossiyadan izoh berişni talab qildi. Rossiya tomoni bu sörovni e'tiborsiz qoldirganidan keyin Buyuk Britaniya Rossiyani öz hududida kimyoviy qurol qöllaganlikda ayblab, 23 nafar rossiyalik diplomatni öz hududidan çiqarib yubordi.