Rossiyada eng köp haq tölanuvçi kasb dasturçilikdir, deb xabar bermoqda HeadHunter. 2018 yilning I çoragi yakunlari böyiça yetakçilar orasidan biznesni rivojlantiriş böyiça menejyerlar, tizim ma'murlari va içki auditorlar ham joy olgan.
Moskvada dasturçilarning oylik daromadi 100-110 ming rubl bölsa, Peterburgda ular 80-100 ming rubl oladi, mintaqalarda esa – taxminan 60-70 ming. Tizim ma'murlari va içki auditorlar Moskvada xuddi dasturçilar kabi pul topadi, biroq mintaqalarda ularning örtaça iş haqi 40-50 ming rubl atrofida.
Moskva va Peterburgda biznesni rivojlantiriş böyiça menejyerlar iş haqi 70-80 ming rubl atrofida, mintaqalarda ularning daromadi 60-70 ming rubldan oşmaydi.
Eng past iş haqi farroşlar (mintaqadan kelib çiqqan holda 20-30 ming rubl), şuningdek ofitsiantlar, oşxona işçilari, yuk taşuvçilar, omborçilar va sotuvçilarda (40 ming rubldan köp emas).












