Turkiya Suriyaning kuçni körsatiş uçun joyga aylanayotganidan qattiq taşviş bildirmoqda. Öz harbiy qudratiga tayanuvçi davlatlarning bunday yondaşuviga yöl qöyib bölmaydi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. 

Erdöğanning aytişiça, Turkiya Suriyaga tinçlik va barqarorlik olib kelgan yagona davlatdir.

“Boşqa öyinçilar harakat qilayotgan Suriyaning boşqa barça hududlarida zöravonlik, beqarorlik va vayrongarçilik hukm surmoqda”, deb aytdi Erdöğan. Uning aytişiça, Anqaraning ta'siri uning taşqarisidan ança yergaça yoyiladi. “Turkiya özini birodarlariga yordamga kelişga, ularga dunyoning istalgan nuqtasida yordam qölini çözişga majbur, deb hisoblaydi”, deb ta'kidlab ötgan Turkiya prezidenti. 

Erdöğan “qotil Başar Asad tuzumi”ni qöllab-quvvatlayotgan davlatlar siyosatini ham xato deb atagan. “Demokratik ittifoq” (PYD) terrorçilik taşkilotini qöllab-quvvatlayotganlar ham xato qilişmoqda. Turkiya Suriyadagi bu ikkita xavfga qarşi oxirigaça kuraşadi”, deb aytgan Erdöğan. 

Erdöğan Anqara Suriyada töliq xavfsizlik ta'minlangunça bu davlatda qolişini ta'kidlab ötgan.  

Erdöğanning ta'kidlaşiça, ba'zi kuçlar PYD terrorçilarini “himoya qila olaman” deb yangliş öylaydi. Uning aytişiça, Turkiya PYD’ning barça jangarilarini baribir yöq qiladi. “Suriya va Iroqdagi spektaklni tugatiş kerak. Niqoblar olib taşlanişi lozim”, deb aytgan Erdöğan.

Erdöğan Anqara şubhasiz ittifoqdoş davlatlar harbiylariga kuç işlatmasligini ta'kidlab ötdi. “Şu bilan birga, biz hamkorlarimizga PYD terrorçilaridan uzoqlaşişni qat'iyan tavsiya qilamiz”, deb ogohlantirgan Erdöğan.