AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi rahbari Mayk Pompeo ma'lum qildiki, bir neça hafta ilgari Suriyada «bir neça yuz rossiyalik öldirilgan». Uning sözlari AFP tomonidan keltirilgan.

Bu haqda u öz nomzodi Davlat departamenti rahbarligi uçun ilgari surilgan Senat yiğilişida bayon qilgan.

«Bir neça hafta ilgari Suriyada rossiyaliklar munosib raqibga duç kelişdi va ulardan bir neça yuz kişi halok böldi», — degan Pompeo.

Pompeo qaysi voqea haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan. Köp ehtimol bilan u fevral oyida Suriyada amerikaliklarning aviazarbasi oqibatida halok bölgan rossiyalik yollanma askarlarni nazarda tutgan.

7-8 fevral kunlarida Deyr-az-Zorda Suriya hukumati tarafida uruşayotgan kuçlar AQŞ boşçiligidagi koalitsiya tomonidan artilleriya va aviatsiya tomonidan hujumga uçragandi. Öşanda rossiyalik oligarx Yevgeniya Prigojin tomonidan moliyalaştirilişi aytiladigan «Vagner guruhi», IŞID ovçilari guruhi, şuningdek, boşqa iroqlik, eronlik va afğonistonlik yollanma harbiylar kurdlar nazoratidagi «Konoko» neft maydonlariga hujum uyuştirgan va koalitsiya kuçlari tomonidan qarşi olingandi. Natijada, hujum qilganlarning yöqotişlari 200 nafargaça bölgani aytilgandi. Bloomberg xabariga köra, halok bölgan yollanma harbiylarning 100 nafari rossiyalik bölgan.

Rossiya TIV bu ma'lumotlarni «klassik dezinformatsiya» deb atagandi.

Eslatib ötamiz, 13 mart kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Reks Tillersonni Davlat kotibi lavozimidan çetlatdi va uning örniga MRB rahbari Mayk Pompeo nomzodini tavsiya qildi.