Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 7 fevral kuni imzolagan «Içki turizmni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorda «Özbekiston böylab sayohat qil» şiori ostida mamlakat böylab içki turizmni rivojlantiriş maqsadida mahalliy sayyohlarni sayohat qilişga rağbatlantirilmoqda.

Biroq islohotlarning barçasi inson omili uçun bölayotgani, pirovard maqsadda kişilarga qulaylik yaratiş va samarali dam olişni taşkillaştiriş ekani yoddan kötarilmoqda. Bir misol körinişida uşbu vaziyatga nazar taşlasak: uluğ muhaddis Imom al-Buxoriy ziyoratgohiga taşrif buyurgan har qanday sayyoh xursand bölmasligi mumkin.

Birinçidan, şu paytgaça mahalliy aholi uçun kiriş bepul bölgan majmua eşigidan endi pul tölamasdan ötib bölmaydi. Tuşum bölişi xöjalik işlarini yuritiş va majmuada xizmat qilayotgan xodimlarning maoşiga sarflanişini barçamiz yaxşi anglaymiz. Şunga qaramasdan, eşik oldiga kassa örnatib, “soqqa” sanab ötirganlar masalaning bir jihati bilan hisoblaşmagan. Ziyoratgohga kirişda masjid ham mavjud. Yöl ustida joylaşgan Imom al-Buxoriy ziyoratgohi yölovçi musofirlar uçun toat-ibodat qilib ötişga ham qulay. E'tibor qilsangiz, masjidga kiriş ham öz ma'nosida pulli bölib qoldi. Namoz öqiş uçun töxtagan kişi ham pul tölab kirişi şart.

Ikkinçidan, kassada pul tölaş mexanizmi aniq tartibga solinmagan. Duç kelgan sayyoh pul tölaydi, uddaburoni esa bepul kiraveradi. Aynan pul masalasida ikki oğiz sözni ta'kidlaş joizki, fiskal xotirali kassa apparati, terminal qöyilgani öz yöliga, kassadagi mablağlarni saqlaş, naqd pul tuşumini inkassatsiya qiliş kabi jihatlarga e'tibor qiliş kerak.

Umuman olib qaraganda, içki turizmni rivojlantiriş böyiça rağbatlantiriş mexanizmini tayyorlaş, ularni amaliyotga joriy etiş muhim ustuvor vazifa sanaladi. Şunga hamohang ravişda azaliy qadriyat, milliy urf-odatlar hamda ijtimoiy omillar ham hisobga olinişi şart, deb öylayman.

Rözioxunov Alişer