Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va uning öğli, Duşanbe şahri meri Rustam Rahmon Duşanbeda qurilayotgan universal-sport majmuasidagi quriliş işlari borişi bilan tanişdilar.
Zamonaviy sport majmuasi Umar Hayyom nomidagi madaniyat va istirohat boği yaqinida 10 gektar maydonda qad rostlamoqda.
Quriliş işlarida 2 mingga yaqin odam band bölib, majmua foydalanişga topşirilgandan keyin unda 600 dan köproq odam iş bilan ta'minlanadi.
Majmuada dunyo standartlari hisobga olingan holda usti yopiq va oçiq sport saroylari, tennis uçun stadionlar va turli sport maydonçalari, suziş uçun katta va kiçik ölçamli havzalar, muz saroyi quriladi.

Majmua har birida tomoşabinlar uçun 150 dan 3 minggaça örindiq bölgan turli sport maydonlari va zallaridan iborat böladi.
Uşbu majmuada 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan barça yoşdagilar sport turlari bilan şuğullanişlari mumkin böladi.
Sport majmuasi hududida maşinalar uçun yer osti avtoturargohi közda tutilgan.
Imomali Rahmon quruvçilarga işlarni sifatli yakunlaş böyiça körsatmalar berdi va oq yöl tiladi, Duşanbe şahri ijroiya idoralari rahbariyatiga qurilişni qat'iy nazorat qilişni buyurdi.













