Ma'lumki, joriy yilning 6 aprelidan «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonuni kuçga kirdi. Qonun Oliy Majlisning Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 15 martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma'qullangan. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qonunni 2018 yil 5 aprel kuni imzolagan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston maxsus xizmati avval Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 2 noyabrdagi «Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qarori asosida faoliyat körsatib kelgan. Bu qarorning ikkinçi bandida Milliy xavfsizlik xizmati töğrisidagi nizom tasdiqlangan edi.

Yangi qabul qilingan «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonun 9 bob va 48 moddadan iborat.

Birinçi navbatda, mazkur qonunning 5-moddasiga e'tibor qarataylik. Moddada Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ning huquqiy maqomi va faoliyatining asosiy yönalişlari belgilab berilgan.

- davlat organlari va boşqa taşkilotlarda davlat manfaatlariga hamda xavfsizligiga tahdid soluvçi korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş;

Bu mazkur qonunning 5-moddasidan parça edi. Moddaning mazmuniga e'tibor bering — davlat organlari va boşqa taşkilotlarda korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş. Umuman olganda, DXX davlat organlarida korrupsiya holatlariga qarşi kuraşişi tuşunarli, çunki taşkilot davlat xavfsizligini ta'minlaş bilan şuğullanadi.

Xöş, «boşqa taşkilotlarda» deyilganda nima nazarda tutilmoqda?

Fuqarolik kodeksiga qaraymiz. Uşbu kodeksning 39-moddasida öz mulkida, xöjalik yuritişida yoki operativ boşqaruvida alohida mol-mulkka ega bölgan hamda öz majburiyatlari yuzasidan uşbu mol-mulk bilan javob beradigan, öz nomidan mulkiy yoki şaxsiy nomulkiy huquqlarga ega böla oladigan va ularni amalga oşira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar böla oladigan taşkilot yuridik şaxs hisoblanişi belgilab qöyilgan. Fuqarolik kodeksining 40-moddasida foyda olişni öz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratçi taşkilot) yoki foyda olişni ana şunday maqsad qilib olmagan taşkilot (tijoratçi bölmagan taşkilot) yuridik şaxs bölişi mumkin, deb yozilgan.