Facebook 2017 yilda kompaniya rahbari Mark Tsukerbergning şaxsiy xavfsizligi va xususiy samolyotlardagi parvozi uçun 8,9 million dollar sarflagan, deb yozmoqda CNBC.
2016 yil bilan taqqoslaydigan bölsak, bu xarajatlar 53%ga oşgan.
2017 yilda Tsukerberg köp vaqtini sayyohatda ötkazgan va AQŞning ilgari bormagan ştatlariga taşrif buyurgan. Facebook kompaniyasi esa uni kuzatib boruvçi qöriqçilar va San-Frantsisko bilan Palo-Alto şaharlaridagi qarorgohlarining xavfsizlik tizimi uçun xarajatlarni qoplab bergan.
Tsukerbergning maoşi esa özgarmagan va 2016 yil darajasida, ya'ni ramziy 1 dollar qiymatida saqlanib qolgan.
Eslatib ötamiz, Tsukerberg Facebook kompaniyasining 59,9% aksiyasiga egalik qiladi. Uning boyligi 66 milliard dollarga baholangan.












