Xitoylik 6 yoşli qizça lift şaxtasiga tuşib ketib, biroq yerdan 10 metrça balandlikda lift konstruksiyasi elementlariga boşi bilan tiqilib qolib, omon qoldi. Qizça bu holatidan vahimaga tuşmay, qöllari bilan devordagi tutqiçlarni paypaslab, ularni mahkam uşlab olgan. Qizça qutqaruvçilar kelgunça şu alfozda osilib turgan.
Uşbu holat tasvirlangan videoda qizça qutqaruvçilar unga yordamga oşiqayotganlarida yiğlab, baqirayotganini eşitiş mumkin. Qutqaruvçilar qizçani “qopqon”dan çiqarib olişgan va onasining qöllariga topşirişgan. Qizça hammasi bölib şaxtada 40 daqiqaga osilib turgan va heç qanday jarohat olmagan.












