«Mançester Siti» Angliya çempionatining 34-turida «Tottenhem»ga qarşi öynadi. Londondagi «Uembli» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasi foydasiga hal böldi - 3:1.
Birinçi bölim örtalariga keliboq mehmonlar 2:0 hisobida oldinga çiqib olişgandi — Gabriel Jyezus va Ilkay Gundöğan (penalti) bittadan gol urişdi. Bölim oxirida Kristian Eriksen bitta javob goli yölladi, ammo 72-daqiqada Rahim yakuniy hisobni örnatdi.
«Siti» endilikda oçkolari sonini 87taga yetkazgan, «Tottenhem» 67 oçko bilan Premer-liga turnir jadvalida — törtinçi örinda.
Çempionlikni nişonlaş vaqti hali ma'lum emas, agar bugun Mançesterda «MYu» «Vest Bromviç»ga yutqazsa, «Mançester Siti» çempionga aylanadi, yöqsa çempionlik masalasi keyingi turga qoladi.
Angliya çempionati
34-tur
Tottenhem – Mançester Siti 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 22 Gabriel Jyezus, 0:2 – 25, penalti Gundöğan, 1:2 – 42 Eriksen, 1:3 – 72 Sterling.
Tottenhem – Loris, Tripper, Sançes, Vertongen, Devis, Dembele (Lukas Moura, 73), Dayyer, Lamela (Son Xin Min, 64), Eriksen, Alli (Sissoko, 84), Keyn.
Mançester Siti – Ederson, Uoker, Kompani, Laport, Delf, de Bryuyne (Ture, 89), Gyundogan, Silva, Sterling, Gabriel Jyezus (Bernardu Silva, 76), Sane (Otamendi, 64).
Ogohlantirişlar: Loris (24), Devis (27), de Bryuyne (41), Gabriel Jyezus (45), Kompani (66), Dembele (70), Delf (77).












