Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung keksa yoshlilar uchun internetga chiqishi bo‘lmagan smartfon ishlab chiqardi
Samsung Janubiy Koreyada 2018 yil boshida taqdim qilingan Galaxy J2 Pro smartfonining Wi-Fi’ni va uyali aloqa tarmoqlarida ma'lumotlar uzatilishini qo‘llab-quvvatlamaydigan nusxasini ishlab chiqdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Galaxy J2 Pro yordamida qo‘ng‘iroq qilish, sms-xabarlar jo‘natish va 8 Mpli asosiy kamera va 5 Mpli old kameraga suratlar olish mumkin, biroq internetga ulanib bo‘lmaydi. Smartfonda taqvim, kalkulyator, FM-radio va ingliz tilining oflayn-dasturi mavjud.
Qurilma birinchi navbatda internet va boshqa murakkab funksiyalarga uncha xushi yo‘q keksa odamlar uchun mo‘ljallangan. Smartfon, shuningdek, maktab o‘quvchilari va talabalarga dars vaqtida chalg‘imaslik uchun asqatadi.
Galaxy J2 Pro 185 dollar turadi. Samsung 2019 va 2020 yilda oliy ta'lim muassasalariga davlat imtihonlarini topshiruvchi 18-21 yoshlilar uchun aksiya o‘tkazmoqda. Ular imtihonni topshirganlaridan keyin o‘zlaridagi J2 Pro’ni Galaxy S yoki Note qatoridagi smartfonlarga bepul almashtirishlari mumkin bo‘ladi.
Galaxy J2 Pro’ning texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha: 5 dyuymli AMOLED-displey, 1,5 Gb tezkor xotira, 1,4 GGts li 4 yadroli protsessor, microSD xotira kartalari uchun slot.
Mavzuga oid
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
20:35 / 08.02.2026