Ispaniya çempionatining 32-turida «Atletiko» «Levante»ni qabul qildi. Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Ğoliblar safida Anxel Korrea, Antuan Grizmann va Fernando Torres öz nomiga gol yozib qöydi.
Şu tariqa, «Levante»ning 5 tur davom etgan mağlubiyatsiz seriyasi yakunlandi (3 ğalaba va 2 durang).
«Atletiko» bu ğalabadan keyin 71 oçko töplagan holda turnir jadvalida ikkinçi örinda qolmoqda, «Levante» 31 oçkosi bilan 17-poğonada joylaşgan.
Ispaniya çempionati
32-tur
Atletiko – Levante 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 33 Korrea, 2:0 – 48 Grizmann, 3:0 – 77 Torres.
Atletiko – Oblak, Saviç, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Saul, Koke (Gabi, 62), Vitolo (Xuanfran, 78), Korrea, Grizmann (Torres, 58), Gameyro.
Levante – Olasabal, Rober, Kabako, Pedro Lopes, Morales, Lerma, Djyeyson (Bardi, 46), Kampanya, Abeid (Rodriges, 78), Marti, Sadiku (Ivi Lopes, 46).
Ogohlantirişlar: Lyuka Ernandes (29), Pedro Lopes (34), Grizmann (41).












