Çernogoriyaning sobiq boş vaziri va sobiq prezidenti, hukmron Sotsialistlar demokratik partiyasi yetakçisi Milo Jukanoviç ştabi uning 15 aprelda ötgan prezident saylovlarida ğolib bölganini e'lon qildi.
“Milo Jukanoviç Çernogoriyaning yangi prezidenti, saylovlarning 2-bosqiçi bölmaydi. 70 foiz byulletenlar körib çiqilgandan keyin u 54 foizdan köproq ovoz töplagani ma'lum böldi va natijalar boşqa özgarişiga asos yöq. Bizning prezident yaqin orada fuqarolarga murojaat qiladi”, deb aytgan Jukanoviç ştabi boşliği Miloş Nikoliç.
Saylovlarning yakuniy natijalari bir neça kun içida e'lon qilinadi, biroq kuzatuvçilarning xulosalariga köra, natijalar dastlabkilaridan deyarli farq qilmaydi.
Çernogoriya prezidenti umumxalq saylovi orqali 5 yillik muddatga saylanadi. Şu tariqa, öz lavozimlaridan qat'iy nazar, 1991 yildan beri Çernogoriya yetakçisi hisoblanadigan Jukanoviç yettinçi marta mamlakat prezidenti lavozimini egallaydi. Uning yangi prezidentlik mandati oxiriga kelib umumiy boşqaruvi muddati 32 yilni taşkil qiladi va u bu borada mamlakatni 40 yil boşqargan Zimbabvening sobiq yetakçisi Robert Mugabening rekordiga yaqinlaşib qoladi. Agar Jukanoviçning yoşi 56 daligi hisobga olinsa, u bu borada mutlaq rekordçiga aylanişi ham mumkin.












