Polkovnik Komiljon Mirsaidoviç Aripov Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Buni vazirlik saytida uşbu lavozim vakant turganidan ham biliş mumkin, deb yozmoqda “Xalq sözi” naşri.

Komiljon Mirsaidoviç Aripov 2013 yilning yanvaridan beri uşbu lavozimda işlab kelayotgan edi. 

Hozirça uning mazkur vazirlik tizimida qolgani yoki boşqa işga tayinlangani haqida ma'lumot yöq.

Ma'lumot örnida aytib ötamiz, ayni paytda Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimi ham vakant turibdi.