QHTBT portalida «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan geolog» faxriy unvonini ta'sis etiş va Geologiya sohasi xodimlari kunini belgilaş töğrisidagi qonun loyihalari e'lon qilingan.   
 
Norma’ning yozişiça, «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan geolog» faxriy unvonini mineral-xom aşyo bazasini rivojlantirişga hissa qöşgan hamda geologiya fanini rivojlantiriş, yer qa'rini örganiş va razvedka qiliş, foydali qazilma konlarini oçiş sohasida xizmat körsatgan geologiya, geofizika, gidrogeologiya, topografiya-geodeziya xizmatlari va ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi yuqori malakali geologlar, muhandis-texnik xodimlarga beriş taklif etilmoqda.
 
Faxriy unvonga sazovor bölgan şaxslarga kökrak nişoni topşiriladi. Mamlakatimizda xizmat körsatgan geologlar uçun ularni 925 probadagi kumuşdan diametri 30 mm, qalinligi 2,2 mm bölgan doira şaklida tayyorlaş taklif etilmoqda.
 
Eslatib ötamiz, «Xizmat körsatgan» faxriy unvoniga sazovor bölgan professionallarning iş haqi yoki pensiyasiga EKIHning 1,6 baravari («xizmat körsatgan artist»larga – EKIHning 1,8 baravari) miqdorida oylik ustama tölanadi. Şuningdek faxriy unvonga ega işlovçi pensionerlar töliq miqdorda pensiya oladilar. 
 
Aprel oyining birinçi yakşanbasini Geologiya sohasi xodimlari kuni deb belgilaş taklif etildi.
 
Loyihalar özgartirilişi, ularga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.