Kattaqörğon şahridan oqib ötuvçi Narpay kanali haqida eşitganmisiz? U qöşni Narpay tumani hududigaça çözilgan. Qadimdan bu kanal «Nahri pay» deb atalgan, çin ma'noda şu hudud aholisi uçun hayot tomiri bölib xizmat qilib kelgan.

Yaqin-yaqingaça kanal atrofida joylaşgan mahalliy aholi uşbu kanaldan suv olib içgan. Biroq ayni paytda bu kanal suvi iste'mol uçun mutlaqo yaroqsiz holatga kelgan.
Biz kanalning quyi oqimida bölib, Narpay tumanidagi mahalliy aholini sözga tutdik. Ular uşbu kanal suvini 20 yillarça muqaddam içişgani, suv toza bölganini, hozir suv hattoki kir çayişga ham yaramasligini aytişdi. Narpaydagi qişloqlarga joyiga qarab, suv keltirilib sotiladi, artezian quduqlari qazilgan, yoki Damxöja suvi vodoprovodda ötkazilgan.
Barçasiga sabab kanalga Kattaqörğon şahrining oqova suvlari oqizilayotganligida. Masalan, şundoqqina kanalning yoqasida avariya tufayli 10 yilça burun oçilgan kanalizatsiya quvuri oçilib yotibdi. Uning içida najosatlar oqib ötayotgani körinib turibdi. Bu yerni berkitib qöyiş heç kimning xayoliga kelmaydi.
Eng dahşatlisi, şu oçilgan joy yaqinida kanalning himoya devori ham buzilib yotibdi, kanalda suv köpaysa kanalizatsiya quvuriga qöşilib ketadi.

Umuman, Kattaqörğon şahrining Narpay kanaliga yondoş hududida kanalizatsiya tarmoği yaxşi rivojlanmagan. Köçalardagi ariqlardan ham oqova suvlari oqib kanalga tuşadi. Ariqlardagi suvning rangi şubhali. Biz kunduzi suratga tuşirdik. Aksariyat aholi keçasi bu ariqlardan oqova suvlarini oqizadi va u iflos suv töğri Narpay kanaliga borib tuşadi.
Kanal böylab nariroqqa tuşdik. Kanal uzra ötgan temir yöl köprigi oldida Kattaqörğon paxta tozalaş zavodi va yoğ-moy zavodining kanalizatsiya quvuri oçiqçasiga Narpay kanaliga kelib tuşmoqda. Atrofga taralayotgan qölansa hidga çidaş qiyin.















