Ukrainada işlab çiqarilgan “Nadejda” vertolyoti Zaporojyeda ilk parvozini amalga oşirdi. Bu haqda “Motor Siç” korxonasi matbuot xizmati ma'lum qildi. Vertolyotning sinov parvozi videosi YouTube’da joylaştirilgan.

Ukrainada işlab çiqarilgan ilk MSB-2 “Nadejda” vertolyoti Mi-2 vertolyotining modernizatsiya qilingan varianti hisoblanadi. Vertolyot 70 foizga kompozit materiallardan iborat. Vertolyot bir yil davomida sinovdan ötkaziladi.

Yöllarni patrullaş, quvurlar va gaz quvurlarini monitoring qiliş va boşqa maqsadlar uçun möljallangan vertolyot 2017 yil avgustda Zaporojyedagi “Mokra” aerodromida ilk bor taqdim qilingan. 

Vertolyotni yaratgan “Motor Siç” korxonasi aviadvigatellar va gaz turbina qurilmalarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, uning mahsulotlari 120 ta davlatda samolyotlar va vertolyotlarda qöllanadi.