Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ijtimoiy soha vakillarini obodonlaştiriş va boşqa majburiy işlarga jalb etişning oldini oliş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötmoqda.
Boş vazir ayrim rahbarlar özining «sodiqligini» körsatiş uçun aynan tibbiyot va ta'lim muassasalari xodimlarini işlatayotgani odatiy holga aylanganini tan olgan.
U byudjyet taşkilotlarini majburan işlatişni odatga aylantirgan rahbarlarni kasal deb atadi.
«Yöq, bular kasal. Ularga byudjyet taşkilotlarni olib çiqariş oson. Vaholanki, iş bilan band bölmagan aholini işga jalb etib, ularni ham moddiy ta'minlaş mumkin edi.
Şunça pul bor edi. Birinçi çorakda salkam 150 milliard pul ajratilgandi. Bor yöği 40 milliard söm işlatilgan (Birgina 2018 yil uçun işsiz aholini jamoat işlariga jalb qiliş maqsadida Prezidentimiz tomonidan 714 milliard söm mablağ ajratilgan - tahr.). Bu hududlardagi köp hokimlar hujjatlarni töğri öqişni bilmasligi, yoki prezident yaratib berayotgan imkoniyatlardan foydalana olmasligiga yaqqol namuna», deya Aripovning sözlarini keltirgan «Kun.uz» manbasi.









