17 aprel kuni prezident taşabbusi bilan boş vazir Abdulla Aripov raisligida Vazirlar Mahkamasida jamoat işlariga majburiy jalb qilişni taqiqlaş, bu borada rahbarlar mas'uliyatini oşirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda boş vazir Qaşqadaryo, Buxoro, Jizzax va Farğona viloyatlarida majburiy mehnat va közböyamaçilik holatlari kuzatilganini qayd etib ötgan.

Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev Farğona va Marğilon şaharlaridagi obodonlaştiriş işlariga obodonlaştiriş xodimlari yetarli böla turib kollej öqituvçilarini jalb etilganini tan oldi.

«Haqiqatdan ham Farğona şahridagi kollejlar kiçik halqa yöliga jalb qilingan. Hatto tomorqa işlariga ham. Buning uçun tegişli rahbarlar çorasini oldi. 

Bu juda katta uyat. Eng köp aholiga ega şahar bölaturib, şunça korxona taşkilotlar bölaturib, obodonlaştirişdayam xodimlar yetarli bölaturib, majburiy mehnatga yöl qöyilgan.

Marğilonda ham Ahmad Doniş köçasini kengaytirişda kasb-hunar ta'lim kollejlari jalb etilgan.

Biz çuqur xulosa qildik. Yaratilgan şaroitlardan samarali foydalanmabmiz. Viloyatga ajratilgan 84 milliard sömdan faqat 5 milliard özlaştirganmiz. Bu juda katta uyat.

Va'da beraman, ta'lim, tibbiyot va boşqa byudjyet taşkilotlari vakillari majburiy mehnatga jalb etilsa çora köriladi», deya viloyat hokimining sözlarini keltirgan KUN.UZ muxbiri.