Joriy yilning 17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ijtimoiy soha vakillarini obodonlaştiriş va boşqa majburiy işlarga jalb etişning oldini oliş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlarga zid ravişda ijtimoiy soha vakillari, xususan öqituvçi va şifokorlarni turli yumuşlarga majburlayotgan mutasaddilar qattiq ogohlantirildi.

Videoselektor tarzida ötkazilgan yiğilişda hudud miqyosida ötkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik köriş böyiça tegişli çora-tadbirlar işlab çiqişda xodimlar mehnat huquqlari buzilişi holatining oldini oliş va fuqarolarni jamoat işlariga qonuniy jalb etilişiga endilikda alohida e'tibor qaratilişi ta'kidlandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, majburiy mehnatga yöl qöymaslik yuzasidan jamoatçilik nazoratini taşkil etişi belgilanmoqda. Ayniqsa, byudjyet taşkiloti xodimlari qişloq xöjaligi, kommunal xöjalik, quriliş va obodonlaştiriş, ikkilamçi xom-aşyo yiğiş işlariga majburan jalb etilmasligi alohida nazoratga olinadi.

Hukumat tomonidan barça mutasaddilarga aniqlangan qonun buzilişi holatlari böyiça zudlik bilan huquq-tartibot organlariga ma'lumot yetkazilişini ta'minlaş vazifasi qöyilmoqda. Majburiy mehnatni bartaraf etişga qaratilgan sa'y-harakatlar doirasida davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tomonidan ommaviy axborot vositasida majburiy mehnat mavzusida yoritilayotgan materiallar tizimli ravişda örganib borilişi qat'iy belgilandi va internet naşrlar bilan hamkorlik kuçaytiriladi.