Bugun, 17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalaş-obodonlaştiriş işlariga tibbiyot va ta'lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilişni taqiqlaş va uşbu holatlarga yöl qöygan barça darajadagi hokimlar va rahbarlarning şaxsiy mas'uliyat va javobgarligini oşirişga qaratilgan çoralarni belgilaş» masalasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda «Kun.uz» muxbiri xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bir neça marta majburiy mehnat va közböyamaçilikni tanqid ostiga olgan bölsa ham, faoliyatida kamçiliklarga yöl qöygan bir neça hokimga hayfsan e'lon qilindi.
Şahar köçalarini obodonlaştiriş uçun, byudjyet taşkiloti xodimlari, jumladan, maktabgaça ta'lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt köçatlarini ança qimmat narxga sotib olişga majburlagan Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayevga şunday hayfsan e'lon qilindi. Boş vazir Rahmatullayev oxirgi marta ogohlantirilayotganini ta'kidladi.
Andijon şahar hokimi, xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşi raisi Dilmurod Rahmatullayev ötgan yilning 16 oktabr kuni şahardagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilgani ma'lum bölgandi. U maktablar va kollejlar direktorlarini paxtaga yetarliça odam jönata olmagani uçun «şoqollar» deya haqoratlagan, bu mavzu ijtimoiy tarmoqda keng muhokama qilingan, keyinroq prokuratura tomonidan unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 41-moddasi (haqorat qiliş, ya'ni şaxsning şa'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş) bilan ma'muriy huquqbuzarlikka oid iş qözğatilib, körib çiqiş uçun sudga yuborilgan. Sud qarori bilan Rahmatullayev Özbekiston Respublikasi MJtK 41-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etişda aybdor deb topilib, eng kam iş haqining 30 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.
Mavzuga oid: Yana direktorlar haqoratlandi. Bu safar Andijon
Şuningdek, Andijon viloyati hokimining örinbosari Rahmonovga soğliqni saqlaş, ta'lim sohasi vakillarini köçalarni obodonlaştiriş maqsadida öz hisoblaridan qimmat gul köçatlarini sotib olişga majburlagani uçun hayfsan hamda oxirgi marta ogohlantiriş berilgan.
Andijon viloyati Şahrixon tumani hokimi Hikmatullo Dadaxonovga esa ta'lim tizimi xodimlarini köça tozalaş, mahallalarni obodonlaştiriş, yöl çetlariga gul ektiriş hamda dala işlariga muntazam jalb etiş holatlariga befarq bölgani uçun hayfsan e'lon qilindi. Şuningdek, yiğilişda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani hokimi Erkin Boyniyozov tumanda joylaşgan 8ta kasb-hunar kolleji xodimlarini fermer xöjaligi işlariga biriktirib qöygani, 2 tonnadan 6 tonnagaça temir-tersak topşiriş majburiyatini qöygani uçun hayfsan oldi.










