17 aprel kuni prezident taşabbusi bilan boş vazir Abdulla Aripov raisligida Vazirlar Mahkamasida jamoat işlariga majburiy jalb qilişni taqiqlaş, bu borada rahbarlar mas'uliyatini oşirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda boş vazir kun tartibidagi asosiy masala böyiça har bir viloyat rahbarining axborotlarini tinglab, qabul qildi.

Aripov Qaşqadaryo, Buxoro, Jizzax va Farğona viloyatlarida majburiy mehnat va közböyamaçilik holatlari kuzatilganini qayd etib ötgandi.

Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev sözga çiqib, bundan buyon majburiy mehnatga yöl qöyilmasligi haqidagi fikrlarga qöşilişini bildirib, özi rahbarlik qilayotgan hududda bunday holatlarga yöl qöymaslikka va'da berdi.

«Prezidentimizning Sirdaryoda gapirgan barça gaplarini yaxşilab eşitdik. Bu gaplardan keyin viloyatdagi rahbarlar, tumanlar va şaharlar hokimlari bilan qat'iy kelişib oldik, bundan keyin heç kimni majburiy mehnatga jalb qilmaymiz.

Prezidentimizning siyosati bunday yönalişda bölganidan keyin bu masalalarga jiddiy qarayapmiz.

Töğrisini aytiş kerak, oldingi siyosatda paxtaga olib çiqmasa, işdan olardik. Endi vaziyat boşqa. Lekin hali buni köpçilik tuşunib yetmayapti. Prezidentimizning oxirgi gaplaridan keyin köpçilikka yetib borgan deb öylayman. Hammaning mas'uliyati özida. Bundan keyin vaziyatni tuzatiş uçun keskin çoralarni köramiz», — dedi Buxoro viloyati hokimi.

Boş vazir uning bu sözlarini ma'qullab, töldirib ötdi: «Töğri. Ha, avval özimiz majbur qilardik, özimiz boş bölardik. Lekin endi siyosat özgardi. Yurtboşimiz xalqparvar siyosat e'lon qildi.

Prezidentimiz BMT minbarida turib avvalgi kamçiliklarni tan olgan holda, yangiça siyosat haqida e'lon qildi. Endi yeng şimarib, qonun doirasida iş olib boramiz», deya Abdulla Aripovning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.