17 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan boş vazir Abdulla Aripov raisligida jamoat işlariga majburiy jalb qilişni taqiqlaş, bu borada rahbarlar mas'uliyatini oşirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Boş vazir öz sözida viloyatlarda yöl qöyilayotgan majburiy mehnat körinişlarini tanqid qildi.
«Ta'lim va tibbiyot xodimlarini majburan mehnatga jalb etiş köplab viloyatlarimizda odatiy holga aylangan. Bu xalqaro qonun hujjatlari buzilişi demakdir.
Bu haqda muhtaram prezidentimiz bir neça marta haqli e'tiroz bildirdi va bunday holatlarga yöl qöyiş mumkin emasligi töğrisida ogohlantirgan. Prezidentimiz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi 72-sessiyasidan qaytgaç, Oliy Majlis Senati huzurida majburiy mehnatga qarşi kuraşiş böyiça alohida komissiya taşkil etildi. Prezidentimiz topşiriğiga asosan, 2017 yil kuzida öquvçi va talabalar paxta dalalaridan qaytarildi. Ammo joylardagi aksariyat rahbarlar bundan xulosa qiliş örniga, öquvçilarni qaytarişga qaytarib, öqituvçilar bilan şifokor xodimlarni köça tozalaşdan tortib, uy-joy buziş işlarigaça jalb etib kelmoqda.
Muhtaram prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Sirdaryo viloyati faollari bilan ötkazilgan uçraşuv çoğida Samarqand viloyati Kattaqörğon tumani 42-maktab öqituvçisi Diana Yenikeyeva köça tozalaşga çiqarilganida maşina urib ketişi oqibatida vafot etganini kuyinib esladi va bunda özini aybdor his qilayotganini aytib ötdi. Bundan taşqari, öşa kuni turli hududlarda közböyamaçilikka yöl qöyilayotganini eslab ötdilar.
Prezidentimiz aytdilar: «Oçiği, bu menda nafrat uyğotmoqda, öqituvçilarni majburlab obodonlaştiriş, köça supurişga jalb etiş - bu biz olib borayotgan siyosatga xiyonat. Bu nafaqat menga, balki davlatimiz olib borayotgan siyosatga xiyonatdir».
Hozirgi kunda internet naşrlari örni aholi örtasida katta ahamiyatga ega bölayotganligini hisobga oladigan bölsak, siz rahbarlarning notöğri xatti-harakatlaringiz davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga qattiq salbiy ta'sir körsatmoqda.
Şu sababli, bugungi yiğilişimizda bir neça marta ogohlantirilganiga qaramasdan öqituvçi va şifokorlarning öz faoliyatiga taalluqli bölmagan boşqa işlarga jalb etilişi muhokama qilinadi.
Prezidentimiz bunday holatlarni «favqulodda holat» sifatida körib çiqişni topşiriq qildi.
OAVda mahalliy hokimliklar tomonidan ta'lim va soğliqni saqlaş xodimlari turli işlarga jalb etilayotgani haqida xabarlar berildi, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etildi.










