Yaponiya Rossiya tomoniga Kuril orollarida harbiy maşqlar ötkazilişi munosabati bilan protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yosixide Sugaga asosan xabar qilmoqda.

«Biz Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali protest bildirdik, sababi törtta şimoliy orolda harbiy kuçni mustahkamlaş bizning davlat pozitsiyasiga javob bermaydi», - deya ma'lum qilgan manba.

Uning qöşimça qilişiça, munosabatlarni tartibga soliş uçun hududiy masalaga yeçim topiş darkor.

«Biz törtta şimoliy orolni qaytariş töğrisidagi qaror asosida muzokaralar olib borişga va Rossiya bilan tinç bitimni imzolaşga tayyormiz», - deya aytib ötdi Suga.