Bugungi kunga kelib Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi munosabatlar yangi bosqiçga çiqmoqda. 18 aprel kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda taşrif bilan bölib turgan Koreya Respublikasi taşqi işlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi. Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Prezidentning Facebook'dagi sahifasida Kan Gyon Xva xonim bilan uçraşuv yakunlariga köra ötkazilgan qiziqarli suhbat videosi taqdim etildi.
- Ayni damdagi Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi hamkorlik aloqalarini qanday baholaysiz?
- Özbekiston va Koreya Respublikasi strategik hamkor hisoblanadi. Ötgan yilning noyabrida prezident Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga taşrifi ikki mamlakat munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqdi. Koreya Respublikasi prezidenti janob Mun Çjye In va Özbekiston Respublikasi prezidenti janob Mirziyoyev davlatni boşqarişda hamfikr bölib, umumiy falsafaga egadir, şuningdek, ular taşqi siyosatni yuritişda ham bir yönalişda harakatlanişadi. Ikki mamlakat rahbarlari uçraşuvida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişda uç asosiy kelişuvga erişişdi. Bular:
1. Ikki tomonlama munosabatlarni optimallaştiriş va kengaytiriş;
2. Ikki tomonlama munosabatlar rivoji uçun xizmat qiluvçi normativ-huquqiy bazani mustahkamlaş;
3. Amaliy hamkorlik diversifikatsiyasi.
Bu kelişuvlarga rioya qilgan holda, joriy yilning fevralida Koreya Respublikasi boş vaziri örinbosari va rejalaştiriş vaziri Kim Don Yon taşrif buyurdi. Özbekiston Respublikasi boş vaziri iştirokida Hukumatlararo komissiya yiğilişi bölib ötdi, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Mart oyida Kadrlarni boşqariş vaziri janob Kim Pan So Özbekistonga taşrif buyurdi. Taşrif davomida tomonlar özaro fikr almaşişdi va davlat boşqaruv tizimidagi kadrlar faoliyatini rivojlantiriş masalalarini muhokama qilişdi. Bugun men Özbekistonda taşrif bilan bölib turibman va menga ma'lum qilişlariça, bu Koreya Respublikasi taşqi işlar vazirining Özbekistonga sönggi 11 yildagi ilk taşrif ekan.
-Taşrifingiz maqsadlari haqida kengroq ma'lumot bersangiz. Sizning uçraşuvingizda strategik hamkorlikning qanday ustuvor yönalişlari belgilab olindi?












