Prezident Şavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga taşrif buyurib, viloyat va tumanlar hokimlari, vazirlik va idoralarning hududiy bölinmalari rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazdi. Unda joriy yil 2 mart kuni viloyatga taşrif çoğida belgilab berilgan vazifalar va loyihalar ijrosi muhokama qilindi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, mahalliy byudjyetga qöşimça tuşumlarni ta'minlaş, hudud eksportini oşiriş, olis tumanlar infratuzilmasini yaxşilaş, viloyat markazida namunaviy uy-joy quriş, «Obod qişloq» dasturi kölamini kengaytiriş, tomorqa xöjaligini rivojlantiriş va yangi iş örinlarini yaratişga qaratilgan işlarning borişi körib çiqildi.
Davlat rahbari törtta sektor rahbarlari va mutasaddilar tomonidan yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça aniq körsatmalar berdi. Hududni izçil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat'iy nazorat örnatiş lozimligini ta'kidladi. Loyihalarni, jumladan, örmon xöjaligini rivojlantiriş, korxonalarni zarur resurslar bilan ta'minlaş, xususiy maktabgaça ta'lim muassasalari tarmoğini kengaytiriş borasidagi rejalarni amalga oşirişning yangi tizimini işlab çiqiş masalalariga ham e'tibor qaratildi.

Muhokama etilgan çora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berildi.

















