«Arsenal» boş murabbiyi Arsen Venger mavsum yakunida jamoadan ketişini ma'lum qildi..

«Uzoq öylanişlar va klub rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralardan söng uşbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketiş vaqtim kelganini his qildim.

Uzoq yillar davomida şunday buyuk klubni boşqarganimdan minnatdorman. Klubga sadoqat va halollik bilan işladim. Muxlislarimga, futbolçilarga, katta rahmat aytmoqçiman. Jamoaning aşaddiy fanatlariga esa faoliyatimni yuqori darajada tugatişimga zamin yaratib berişlarini sörab qolaman», - deya Vengerning sözlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

Fransiyalik uşbu mutaxassis «Arsenal»ni 1996 yildan buyon boşqarib keldi. U ötgan vaqt davomida klub bilan jami 17 sovrin yutdi, şundan 3tasi Angliya çempionligi (1998, 2002, 2004), 7ta Angliya Kubogi (1998, 2002, 2003, 2005, 2014, 2015, 2017) va 7ta Angliya Superkubogi (1998, 1999, 2002, 2004, 2014, 2015, 2017). U Angliya premer-ligasida öyin ötkaziş böyiça rekord örnatdi - u jamoasini APLning 823 öyinida maydonga boşlab tuşdi. U bu borada «Mançester Yunayted»ning sobiq ustozi Aleks Fergyusonni (810) ortda qoldirgan.

22 yillik faoliyati davomida u «Arsenal» bilan barça musobaqalar doirasida jami 1228 öyin ötkazdi, şundan 704tasida ğalaba qozonildi. Jamoa 20 marta Çempionlar ligasida iştirok etdi, faqat bir marta, 2005-2006 yilgi mavsumda finalda öynadi va «Barselona»ga mağlub böldi.