Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida amalga oşirilayotgan yirik loyihalar bilan tanişdi.
Mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida uçta yirik loyiha amalga oşirilmoqda. Bular «Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol işlab çiqariş majmuasini quriş», «Ammiak va karbamid işlab çiqariş quvvatlarini quriş» va «Azot kislotasini işlab çiqarişni taşkil etiş» loyihalaridir.
Umumiy qiymati 1,7 milliard dollar bölgan uşbu quvvatlar Xitoy, Yaponiya va Şveytsariya bilan hamkorlikda barpo etilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev mazkur korxonalar qurilişining borişi bilan tanişdi.

Birinçi loyiha Xitoyning «China CAMC Engineering CO. Ltd» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda. U mamlakatimiz kimyo sanoati uçun yangi turdagi mahsulotlar – 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol işlab çiqariş imkonini beradi. Uşbu majmua işga tuşirilgaç, 900dan ortiq iş örni yaratiladi.
Yaponiyaning «Mitsubishi Corporation» va «Mitsubishi Heavy Industries Ltd.» kompaniyalari bilan hamkorlikdagi ikkinçi loyiha doirasida eskirgan, köp energiya talab qiladigan uskunalarni zamonaviysiga almaştiriladi. Majmua yiliga 660 ming tonna ammiak va qariyb 580 ming tonna karbamid işlab çiqariş imkonini beradi. Bugungi kunda bu yerda zamonaviy texnikalar jalb etilgan holda 40ta asosiy obekt qurilişi davom etmoqda.
Şveytsariyaning «CASALE SA» kompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etilayotgan uçinçi majmua 500 ming tonna xaridorgir mahsulot işlab çiqariş imkonini beradi.
«Davlat rahbari loyihalar doirasida amalga oşirilgan işlarni yuqori baholadi. Belgilangan reja va vazifalar ijrosini öz vaqtida ta'minlaş, energiya tejamkor va mahsuldor texnologiyalarni qöllaş orqali mahsulotlar raqobatbardoşligini oşiriş, kimyo tarmoği korxonalarini rivojlantiriş böyiça topşiriqlar berdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şavkat Mirziyoyev çet ellik quruvçi va muhandislar bilan muloqot qilgan.



















