Turkiya Markaziy banki 2017 yili AQŞ Federal rezervidan öz oltin zaxiralarini qaytarib olib ketgan. Hurriyet ma'lumotiga köra, gap 28,7 tonna oltin haqida ketmoqda.

Naşrning qayd etişiça, Turkiya hukumatining bu qarori Anqara va Vaşington örtasidagi munosabatlar sovuqlaşişi ortidan qabul qilingan.

AQŞda Turkiyaning 28,7 tonna oltini saqlangandi. Qöşma Ştatlardan oltinning olib ketilgani Turkiya Markaziy banki tomonidan aprelda e'lon qilingan hisobotda körsatilgan. 

2016 yil ma'lumotlariga köra, AQŞ Federal rezervida saqlangan Turkiyaning oltin zaxiralari 28 ming 689 kilogrammni taşkil etgan. Markaziy bank hisobotlarida keltirilişiça, mamlakat oltin zaxirasining umumiy hajmi 564,6 tonnaga yoki 20 milliard dollar ekvivalentga teng.