Jomboy tumani markazidagi Yoşlar boğida ötkazilgan tadbir çinakam bayram, sayil tusini oldi. Huquq-tartibot organlari tomonidan taşkil etilgan sayyor qabul fuqarolar muşkulini yengillatdi, deb xabar beradi «Jomboy tongi» gazetasi muxbiri Şerzod Isoqulov.
Ayniqsa, notarius, pasport, FHDYo va boşqa turdagi hujjatlar şu yerning özida rasmiylaştirib berildi. Uy-joy va kredit ajratiş masalasida qilingan önga yaqin murojaat öz yeçimini topdi.


— Tadbirda kelib tuşgan har qanday murojaat ijobiy hal etilyapti, — deydi viloyat adliya boşqarmasi mas'ul xodimi Ş.Bahromov. — Hozirning özida “Kattaqişloq” mahallasidagi ehtiyojmand oila xonadoniga elektr ölçagiç örnatildi. Şu mahalladagi Nilufar Jabborovaning farzandiga tuğilganlik töğrisida guvohnoma berildi. Nikohi tuman FHDYo tomonidan qonuniy rasmiylaştirildi.

Milliy madaniyat markazining çiqişlari, kitob taqdimoti tadbirga özgaça fayz kiritdi. 70 dan ortiq kollej bitiruvçisiga tadbirkorlik faoliyatini boşlaşi uçun imtiyozli kredit sertifikatlari topşirildi.










