Har kuni işga, öqişga şoşib yurarkanman, bir öy xayolimdan ötib turadi: xalq yuz berayotgan jarayonlarga qanday munosabat bildirmoqda? Islohotlar tölqini kişini quvontirayotgani rost, ammo bir çekkada undan jabr körib qolayotganlar yöqmi?! Şunday qilib, jurnalistning nigohi turli xil manzaradagi manzillarga tuşadi.

Bir kuni qadrdon tanişim söz orasida aytib qoldi: «olis qişloq, uzoq yöl yurib, Qaşqadaryo viloyati, Dehqonobod tumaniga borilsa, u yerda bir möysafid kişiga duç kelasiz». Ma'lum bölişiça, 94 yoşni qoralab qöygan Fayzulloh bobo tumandagi «Miyona» masjidida e'tikof aylab ötiribdi. Mana 20 yildirki, qariya yolğiz Alloh roziligini istab, masjiddan çiqmay, kunu tun toat ibodatda.

Youtube'da köriş

Biz ana şu kişi haqdagi ma'lumotlardan xabar topgaç, zudlik bilan Qaşqadaryo viloyatiga oşiqdik. Buni qarangki, otaxon suhbatimizning boş sözini Özbekistonda olib borilayotgan islohotlarga munosabat bildirişdan boşladi.

«Men prezidentning naqadar katta savobli işlarga qöl urayotganini eşitib, xursand bölib ötiraman. Ularning haqiga duo qilaman. 

Gap şundaki, bir neça ön yil davomida qöşni Tojikiston bilan aloqalarimizga sovuqlik tuşgandi. Davlat rahbari bir taşabbus bildirdi, uning hosilasi ölaroq, qarindoşlar va yaqin birodarlar yana diydor körişdi. Bu Islom dinida juda uluğlanadi. Alloh u kişini yaqin qarindoşlar örtasida silai rahmni yana mustahkam bölişiga sababçi qilib qöyibdi. Albatta, qalbi iymon nuriga tölgan bu kişining işlaridan mamnunman», deydi Fayzulloh bobo suhbat boşida.

Möysafidning ta'kidlaşiça, biz yaşab turgan diyor uzoq yillardan buyon Islom qubbasi bölib kelgandi.

«Ateistlar yopirilib kelgaç, bu yurtda namoz öqiş, ibodat qiliş ayb sanala boşladi. Meni ham janozada iştirok etganim uçun Sibirga surgun qilişdi. Ehh... Bu azob, bu qiynoqlar... Allohga şukr, ötib ketdi. Xalq manfaatini öylab, ertamizni öylab, yana ötmişda bobolarimiz qoldirgan merosni örganişimiz kerak. Har bir bolaga diniy bilim berişda şart-şaroit yaratiş lozim. Qalbida e'tiqodni jo qilgan kişidan yomonlik çiqmaydi, şunday ekan, yoş avlodni tarbiyali, intizomli va mehnatkaş bölib ulğayişida öz vazifamizni bajarişimiz lozim», deb sözlarini davom ettirdi bobo.