2018 yilning 23-25 aprel kunlari Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga taşrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.

Özbekiston delegatsiyasi 2018 yilning 23-24 aprel kunlari Pekin şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etadi.

Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Qirğiziston Respublikasi, Qozoğiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Özbekiston Respublikasi TIV rahbarlari Tsindao şahrida (XXR) Xitoy raisligida bölajak ŞHT Sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladilar.

Taşrif davomida Özbekiston delegatsiyasi tomonidan Pekin şahrida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziş rejalaştirilgan.