Bunga işoniş qiyin, lekin zamonaviy futbolning eng katta darğalaridan biri öz postini taşlab ketmoqda. Arsen Venger «Arsenal»ni 1996 yilning sentabridan buyon boşqarib keldi, öşa kuzda tuğilgan bolalar bu kuzda 22 yoşga çiqadi, ularning qançalari «Arsenal» nomi Arsen Venger şarafiga qöyilgan deb öylab katta bölişdi, 2018 yilning 20 aprelida esa klub saytida «Merci Arsène» yozuvli xabarnoma e'lon qilindi.
«Diqqat bilan öylab körib, klubdagilar bilan muhokamalardan keyin his qildimki, ketiş vaqti kelgan.
Men bu yillarni, bu unutilmas yillarni hadya etgani uçun klubdan minnatdorman. Men klubda töla mas'uliyat bilan, halol işladim.
Men klubning barça vakillariga, futbolçilar, oddiy xodimlar-u rahbarlar va albatta muxlislarga minnatdorçilik bildiraman. Ular klubni şunday darajaga olib çiqişdi.
Men barça muxlislarni jamoa bilan qolişga çaqiraman, ular birgalikda yuqori çöqqilarni zabt etişadi.
«Arsenal» muxlislaridan klub qadriyatlarini saqlaşni sörayman. Muhabbat va abadiy döstlik bilan Arsen Venger».

Bunga işoniş qiyin. Xuddi Arsen hamişa Londonda böladigandek edi. «Arsenal» öyinlarida hamişa u maydon çetida kibor bilan turaveradigandek edi.
Arsen Vengerni professor deb ataşgan. Bu laqabini u şaxmatni juda zör öynagani uçun olgan emas. Uni Strasburg universitetining iqtisodiyot böyiça magistr bölgani uçun professor deb alqaşmagan. Şuning uçunki, u Angliya futbolini özgartirdi. Jahon futbolida inqilob qildi. Uzun paslar va diagonal uzatmalar - uning falsafasiga yot edi.
Ötgan asrning 90-yillarida Angliyada hamma qanotlardan jarima maydonçasiga töp uzatiş orqali klassik ingliz futbolini öynardi. Boş bilan yaxşi öynovçi markaziy hujumçilar urf bölgan, asosiy e'tibor yakkakuraşlarga qaratilgandi. Venger ligaga yangi nafas olib kirdi. U texnik futbol, qisqa masofalarda töp uzatiş orqali oldinga harakatlaniş bilan yöğrilgan yangiça uslubni Angliya futboliga singdirdi. Bu futbolni çiroyli öynaş edi. U eski an'analarni yöqqa çiqardi va öz uslubini Angliya futboli qadriyatiga aylantirdi. Mana endi Angliyadagi jamoalarning yarmidan köpi paslar bilan öynaşni örganib oldi. Zamonaviy futbol dahosi Xosep Gvardiola esa köp narsani Vengerdan örganganini tan olgan.
















